Joriy yilning 13-18-fevral kunlari O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar sardorlar Kengashi va "Universe" erkin volontyorlik harakati tashabbusi bilan yo'lga qo'yilgan "Ma'naviyat haftaligi"ning ilk loyihasiga start beriladi.
Yoshlarning intellektual qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida 13-fevral kuni soat 15:00 da Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida "Zakovat kubogi-2023" intellektual o'yini bo'lib o'tadi.
Siz ham intellektual maydonda kuch sinashishni istaysizmi? U holda darhol 6 kishilik jamoa shakllantiring hamda @Uralova_F_blog manzili orqali hoziroq ro'yxatdan o'ting.
Ro'yxatga olish 12-fevral kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi. Joylar soni chegaralangan!
Faol bo'ling! Yilning eng yaxshi loyihalaridan birini o'tkazib yubormang!