Oʻtkazilish sanasi: 30-31-oktabr
Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 27-oktabr
Platforma: Zoom
Markaziy Osiyo hayvonot olamini asrash bo'yicha hakaton - bu yo'qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar savdosini oldini olish maqsadida innovatsion yechimlarni ishlab chiqadigan universitet talabalari, koderlar, ishlab chiquvchilar, dizaynerlar, loyiha menejerlari va soha mutaxassislarini birlashtiradigan musobaqa.
Tanlov 30-31 oktabr kunlari Zoomda 48 soat davomida onlayn tarzda o'tkaziladi. Zooxackathon jamoasi a'zolari mintaqada brakonerlik va yovvoyi tabiatning noqonuniy savdosiga qarshi innovatsion texnologik yechimlarni ishlab chiqishlari kerak bo'ladi.
Hakaton mukofot jamg'armasi 2600$ ni tashkil etadi, bunda 1-o'rin 1200$, 2-o'rin 800$, 3-o'rin 500$ va 4-o'rin 100$ pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.