"Marketing strategiyasi hujjat emas, balki vositadir" mavzusida ma’ruza

Spiker - Ilya Balaxnin, strateg, Paper Planes Consulting Agency kompaniyasining boshqaruvchi hamkori hamda raqamli va kadrlar strategiyasini ishlab chiqish bilan bog'liq 400 dan ortiq loyihalar egasi
  • 361
  • 0
  • Rus tili
  • 50 000 so'm

Tashkilotchi: GroundZero

Oʻtkazilish sanasi: 16-sentabr, 19:00

Manzil: GroundZero Minor

16 sentabr kuni soat 19:00 da GroundZero Minorda Ilya Balaxnin - strateg, marketolog-amaliyotchi, bosh direktor va Paper Planes Consulting Agency kompaniyasining boshqaruvchi hamkori bilan uchrashuv bo'lib o'tadi. 

Ilya 15 yildan ortiq tajribaga ega, Data Driven Marketing sohasida yetakchi rossiyalik mutaxassis hisoblanadi. Rossiyada raqamli marketing pioner-asoschilaridan biri. U marketing, raqamli va kadrlar strategiyasini ishlab chiqish va qo'llash bilan bog'liq 400 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan. 

Ma'ruza davomida tinglovchilar quyidagi ma'lumotlarni olishlari mumkin:

  • Marketing strategiyasini ishlab chiqish bosqichlari;
  • Marketing bo'limini yaratishdagi odatiy xatolar;
  • Biznes boshlash uchun eng samarali kanallar; 
  • Marketing samaradorligini baholash.

Ushbu ma'ruzada ishtirok etish istaganlar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari talab etiladi.  

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling