Mental arifmetika boʻyicha 4-respublika musobaqasi

Yoshlar ishlari agentligi “ALOHA Mental Arithmetic” mental arifmetika boʻyicha xalqaro dasturi bilan hamkorlikda 5 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar uchun mental arifmetika boʻyicha Respublika musobaqasini tashkil etmoqda
  • 2018
  • 2
  • Oʻzbek tili
  • 100000
Mental arifmetika boʻyicha 4-respublika musobaqasi

Tashkilotchi: Yoshlar ishlari agentligi, “ALOHA Mental Arithmetic” markazi.

Oʻtkazilish sanasi: 30-may, 2021-yil.

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 20-may, 2021-yil.

Manzil: Toshkent shahridagi “Hyatt Regency” mehmonxonasi.

Musobaqada ishtirok etish uchun @yosh_bot orqali roʻyxatdan oʻting hamda ALOHA markazining quyidagi raqamlariga murojaat qiling:
+998 90 168 00 46,
+998 90 168 00 47.

Koʻp beriladigan savollar:

  1. Musobaqada qanday qatnashish mumkin? 2021-yil 20-mayga qadar ALOHA oʻquv markazidan roʻyxatdan oʻting. Mental arifmetika boʻyicha bilim darajangizni ALOHA oʻquv markazida aniqlab, musobaqada qatnashish uchun yoʻllanma oling.
  2. Musobaqada qatnashish uchun pul toʻlanadimi? Musobaqada ishtirok etish uchun siz 100 000 soʻm miqdoridagi ramziy toʻlovni amalga oshirishingiz kerak. Toʻlov ishtirokchilarning majburiy tashrifini taʼminlash uchun belgilangan. Barcha mablagʻlar xayriya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
  3. Qoʻshimcha maʼlumotni qayerdan olish mumkin? Veb-sayt: www.alohauzbekistan.uz Telegram kanali: https://t.me/alohauzbekistan ALOHA telefon raqamlari: +998 90 168 00 46; +998 90 168 00 47; +99890 168 45 00
  4. Hududlarda va viloyatlarda yashovchi bolalar qanday qilib musobaqada ishtirok etishlari mumkin? ALOHA oʻquv markazi bilan bogʻlanib, mental arifmetikadan bilim darajangizni onlayn tarzda aniqlang (ZOOM orqali) va musobaqada qatnashish uchun yoʻllanma oling.
  5. Musobaqada qatnashish uchun transport va mehmonxonada yashash xarajatlari qoplanadimi? Barcha moddiy javobgarlik ishtirokchilarning ota-onalari yoki ishtirokchilarning oʻquv markazlari zimmasida.
  6. ALOHA oʻquv markazining oquvchilari boʻlmagan bolalar musobaqada ishtirok etishi mumkinmi? Musobaqada, oʻqish joyidan qatʼiy nazar, har kim (roʻyxatdan oʻtishga ulgurgan) ishtirok etishi mumkin.
  7. Musobaqada qatnashish uchun yoshning chegarasi bormi? Musobaqada 5 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalar ishtirok etishlari mumkin.

Eslatma: Kirish qatʼiyan yoʻllanma asosida amalga oshiriladi.

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling