Mohira Mullajonovaning "Sevimli shahar" nomidagi shaxsiy ko'rgazmasining ochilishi

Ko'rgazma tasvirchi, grafik dizayner va rassom Mohira Mullajonovaga tegishli
  • 27
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili
  • Bepul
Mohira Mullajonovaning

Oʻtkazilish sanasi: 16-17-oktabr

Manzil: Shayhontoxur tumani, Paxtakor ko'chasi, 5-uy, "Ilhom" teatri

Rassom, tasvirchi va grafik dizayner Moxira Mullajonovaning "Sevimli shahar" nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilishi bo'lib o'tadi.

Mohira Mullajonova 1993-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Yettinchi sinfdan akademik rasm chizish bilan shug'ullangan, va Keltayeva Sayra Toshpo'latovnaning darslarida qatnashgan. Litseyni tugatgach, Londondagi Central Saint Martins kollejida rassomlik va dizayn kursini tamomlagan. 2016 yilda Kuala Lumpurda Teylor universitetining grafik dizayn bo'yicha bakalavr darajasini olgan.

U O'zbekistonda va chet elda o'tkazilgan ko'plab ko'rgazma va festivallarda ishtirok etgan: Seven Showcase, New Olds, Pop Art Isolation, Навкирон Узбекистон 2021, Art Heritage, Pop Art Urban, 48 soatlik Toshkent zamonaviy san'at festivali va boshqalar. "Kosmos va vaqt" nomli shaxsiy ko'rgazma muallifi.

Kategoriya

Koʻrgazma

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling