Tashkilotchi: "Najot Ta'lim" markazi
Oʻtkazilish sanasi: 13-14-avgust, 09:00-18:00
Manzil: "Najot Ta'lim'' markazi Chilonzor filiali
“Najot Ta'lim” markazida o'qish istagida bo'lgan va ta'lim jarayoni bilan yaqindan tanishishni xohlagan barcha yigit-qizlar hamda ularning ota-onalarini “Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyurishlari mumkin. Ochiq eshiklar kunida markazda mavjud kurslar, o'quvchilar uchun yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar bilan bevosita tanishib chiqishingiz mumkin.
Tadbirda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish yoki qo'ng'iroq qilish talab etilmaydi. 13-14-avgust kunlari 09:00-18:00 vaqt oralig'ida o'zingizga qulay paytda markazga tashrif buyurishingiz mumkin.