NASAga qarashli Lunar and Planetary Institute (LPI) dan talabalar uchun to'liq moliyalashtiriluvchi 10 haftalik amaliyot dasturi

LPI Summer Plan Planetary Science dasturi bakalavriat talabalariga ilg'or tadqiqotlar olib borish, yuqori obro'ga ega astronom olimlaridan bilim olish va astronomiya yo'nalishida karyera qilish imkoniyatini beradi
  • 1309
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
NASAga qarashli Lunar and Planetary Institute (LPI) dan talabalar uchun to'liq moliyalashtiriluvchi 10 haftalik amaliyot dasturi

Tashkilotchi: Lunar and Planetary Institute (LPI), AQSh

O'tkazilish sanasi: 7-iyun 2021 dan 18-avgust 2021 gacha

O'tkazilish joyi: AQSh, Texas shtati

Hujjat topshirish uchun oxirgi sana: 24-noyabr 2020, 10:59 (Toshkent vaqti bilan)

LPI Summer Plan Planetary Science dasturi bakalavriat talabalariga ilg'or tadqiqotlar olib borish, yuqori obro'ga ega astronom olimlaridan bilim olish va astronomiya yo'nalishida karyera qilish imkoniyatini beradi. 10 haftalik amaliyot davomida talabalar bilimlarini boyitish tadbirlarida, jumladan ma'ruzalar va karyera qilish seminarlarida qatnashish imkoniyatiga ega.

Amaliyot foydalari:

  • Qimmatli tadqiqot tajribasini to'plash
  • Yangi ko'nikmalarni rivojlantirish va boshqalarni takomillashtirish
  • Mutaxassislar bilan uchrashish va ular bilan ishlash,
  • Foydali aloqalarni o'rnatish
  • Yangi ish muhitida o'zini sinab ko'rish

Moliyaviy ta'minot:

  1. Tanlangan stajyorlarga dastur davomida Xyustonda bo'lish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun 7300 AQSh dollari miqdorida stipendiya beriladi.
  2. Xalqaro stajyorlar yo'l xarajatlarni qoplash uchun qo'shimcha 500 dollar olishlari mumkin.
  3. Yaqinda bo'lib o'tadigan Oy va sayyora fanlari konferensiyasiga birinchi muallif sifatida qabul qilingan abstraktni taqdim etgan stajyorlarga stipendiyadan tashqari, 1000 AQSh dollarigacha (mahalliy sayohatchilar) va 1500 AQSh dollarigacha (xalqaro sayohatchilar) moliyaviy yordam taklif etiladi.

Qabul qilish mezonlari

  • Kamida 50 Amerika standarti kreditiga ega bo'lgan bakalavr talabalari (Uchinchi va to'rtinchi kurs talabalari)
  • Fizika yoki tabiatshunoslik, muhandislik, informatika yoki matematika yo'nalishlari bo'yicha talabalarga afzallik beriladi, ammo barcha talabalar hisobga olinadi
  • Abituriyentlar jinsi, yoshi, jinsiy orientatsiyasi, nogironligi, tashqi qiyofasi, irqi, dini va boshqa himoyalangan holati hisobga olinmasdan ko'rib chiqiladi.
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling