"Nega SMM ishlamaydi?" mavzusida suhbat

Spikerlar - Rocket Digital Agency asoschisi va rahbari Rustam Maxamadjanov hamda kompaniyaning loyihalar menejeri Akmal Ilxomov
  • 421
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul

Oʻtkazilish sanasi: 22-iyul, 17:00

Manzil: Boburshox ko'chasi, 2-uy, Digital City Texnologik Parki

"Nega SMM ishlamaydi?" mavzusida suhbat tashkil etilmoqda. Spikerlar - SMM bo'yicha 10 yillik tajribaga ega Rocket Digital Agency asoschisi va rahbari Rustam Maxamadjanov hamda kompaniyaning loyihalar menejeri Akmal Ilxomov. Spikerlar suhbat davomida o'z karyeralari va tajribalari bilan o'rtoqlashadilar. 

Rocket Digital Agency - O'zbekiston marketing assotsiatsiyasi tomonidan 2021-yilning eng yaxshi agentligi deb topilgan. Hozirga qadar kompaniya katta loyihalarni amalga oshirgan. Kompaniya portfoliosidagi eng yirik mijozlar: Sanoat Qurilish Bank, realme, Islamic Development Bank, Pink Island, Alerte Heritage, JOYDA, British Council, ICTweek, ASU, Piala.

Uchrashuvda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling