Tashkilotchi: AQSh elchixonasi
Oʻtkazilish sanasi: 22-noyabr, 14:00
Platforma: Facebook
AQShning Toshkentdagi elchixonasi Sizni 22-noyabr, dushanba kuni soat 14:00da noimmigratsion vizalar bo‘yicha jonli efirda bo‘lib o‘tadigan savol-javob sessiyasiga taklif etadi. Onlayn tadbirni elchi Deniel Rozenblyum ochib beradi. Vizaga aloqador savollarga esa vitse-konsul Ivan Jivkov javob beradi.
Shunga e'tibor beringki, suhbatning asosiy mavzusi turistik, biznes, ish, talabalik va almashinuv dasturlari vizalarini o‘z ichiga olgan noimmigrasion vizalarga bag‘ishlanadi.