O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasining grant dasturi tanlovi
Oxirgi muddat: 2020-yil, 10-sentabr
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston talabalariga 2020–2021-yilgi grant dasturi uchun tanlov boshlanganligini eʼlon qiladi. Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblar aniqlanadi va ular o‘zlari xohlagan OTMda bir o‘quv yili davomida tahsil olish uchun grantni qo‘lga kiritadilar. Mazkur tanlovda bakalavr va magistratura darajasidagi talabalar qatnashishi mumkin.
Grant daʼvogarligi uchun ustuvor yo‘nalishlar:
• Madaniyat va san'at sohasidagi menejment
• Madaniyat obyektlarni tiklash va saqlash
• Arxitektura
• Madaniy turizm
• Grafika dizayni
• Tasviriy san'at
• Muzeyshunoslik
• Xoreografiya
Nomzodlarni saralash mezonlari:
• o‘qishdagi yutuqlari;
• ilmiy-tadqiqot ishlari;
• umumiy bilim-ko‘nikmalari;
• tahliliy ko‘nikmalar;
• tashkilotchilik qobilyatlari;
• rivojlanishdagi motivasiyasi;
• ijtimoiy faollik;
• tanlangan mutaxassislikning ahamiyati va afzalliklari va uning mamlakatda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishdagi rolidan xabardorligi.
Nomzodlar uchun umumiy shartlar:
• tanlov qatnashchisi ariza berish paytida O‘zbekiston Respublikasidagi OTMning talabasi bo‘lishi shart;
• tanlovda I kurs talabalari qatnashishi mumkin emas;
• musobaqa ishtirokchilari bir vaqtning o‘zida bir nechta grant dasturlarida ishtirok etib g‘olib bo‘lolmaydilar;
• avvalgi yillarda ushbu grant dasturining g‘oliblari dasturda yana qayta qatnasha olmaydilar;
• jamg‘arma nomzod taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma'lumotlar aniqlangan taqdirda, tanlov natijalarini istalgan bosqichda bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
• tegishli maʼlumotni (bakalavr/magistr) olgandan so‘ng, uch oy davomida grant dasturining g‘olibi Jamg‘armaning stipendiya komissiyasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi muassasalarga ishga qabul qilinadi. Ish staji muddati: kamida bir yil.
Gʻoliblarni e'lon qilish: 2020-yil 1-oktabr
Tanlov natijalari eʼlon qilinganidan keyin 10 ish kuni ichida g‘oliblar bilan shartnoma tuziladi. Yillik shartnoma miqdoriga teng grant 2020 yil 10-noyabrgacha talaba tahsil olayotgan OTMning hisob raqamiga o‘tkaziladi.