Tashkilotchi: IT Park, USAID, Sturgeon Capital.
Oʻtkazilish vaqti: 19-noyabr, 14:00.
Spiker: Sturgeon Capital kompaniyasi investitsiyalar boʻyicha direktori Robin Batler.
Vebinarda Robin Oʻzbekistonga startaplarni olib kirish istiqbollari, nega Oʻzbekiston sarmoya kiritish uchun yaxshi hudud ekanligi va boshqalar haqida soʻz yuritadi. Shuningdek, siz Oʻzbekistonning yashirin imkoniyatlari, nega bu hududga sarmoya olib kirish kerak, qaysi sohani tanlagan maʼqul va bu borada qanday xavf-xatarlar kutib turganligi haqida bilib olasiz.
Maʼlumot uchun:
Sturgeon Capital — bu Kavkaz va Markaziy Osiyoda sarmoyalash boʻyicha 15 yillik tajribaga ega Buyuk Britaniyada joylashgan xorijiy kompaniyalar aktivlarini yurituvchi kompaniya. 2020-yil mart oyida Sturgeon oʻzining “Uzbekistan Growth Equity Fund” — Oʻzbekistondagi investitsiyalarga ixtisoslashgan dastlabki toʻgʻridan-toʻgʻri xalqaro sarmoyalar fondini yoʻlga qoʻydi. Fondning joriy investorlari ichki kapitalga qiziqish bildirganlar qatorida turfa yetakchi global institutsional investorlar guruhini oʻzida aks ettiradi. Fond oʻz sektorlarida sohalar yetakchisi boʻla oladigan sinovdan oʻtgan biznes-model va kuchli menejmentga ega kompaniyalarni sarmoyalashtiradi.