Tashkilotchi: Yosh Tadbirkor
Oʻtkazilish sanasi: 23-dekabr 15:00
Manzil: Yoshlar Ijod Saroyi
"O'zbekiston yoshlari forumi-2021" haftaligi doirasida Yoshlar ishlari agentligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda O'zbekiston Yoshlar Tadbirkorligini Qo'llab-quvvatlash Markazi hamkorligida "Startap va Investor" loyihasi tashkillashtirilmoqda.
Loyiha spikerlari:
- Shohida Ibragimova- Moliya.uz, GrowthAcademy, EcoVirinAgro asoschisi. Mavzu: "Moliyaviy savodxonlik va unda investitsiyaning o'rni"
- Shahzod Umirzakov - Qozog'istondan $20,000 investitsiya jalb qilgan Passenger Transit, TASS Vision startap loyihalar asoschisi. Mavzu: "Qanday qilib startap g'oyaga investitsiya jalb qilish?"
- Umidjon Ishmuhammedov - Edu-master, Edu-action, IDP IELTS asoschisi. Mavzu: “Ta'limga investitsiya qilish to'g'rimi?”
Tadbirda ishtirok etish bepul.