Tashkilotchi: Najot Ta'lim
Oʻtkazilish sanasi: 8-yanvar, 14:00
Manzil: Najot Ta'lim binosining Chilonzor filiali
Najot Ta'lim tomonidan musobaqa sifatida, grafik dizayn kursining brending darslarini tugatgan markaz o'quvchilari va chetdan tashrif buyurgan mehmonlar uchun ochiq logo marafonga start berilgan edi.
Ushbu marafon taqdimotida ishtirokchilarning ishlari ustozlar tomonidan baholanib, yakunda eng munosib deb topilgan jamoalar maxsus sovg'alar bilan taqdirlanishadi.
Musobaqa sharti: "Pokiza" gilam yuvish fabrikasi uchun rebrending qilish edi. Real loyiha uchun logolar taqdimoti qiziq bo'lishi turgan gap. Barchangizni taqdimotda kutib qolamiz!
Qo'shimcha ma'lumot uchun tel: +99871 200 11 23.