Onlayn masofaviy BMT modeli 2.0

Indoneziyalik yoshlar tomonidan tashkil qilinayotgan xalqaro konferensiya
  • 1896
  • 1
  • Ingliz tili
  • Bepul
Onlayn masofaviy BMT modeli 2.0

Delegatlarga masofadan turib intellektual munozaralardan bahramand boʻlishlari uchun tashkil qilinayotgan onlayn konferensiya.

Oʻtkazilish sanasi: 29—30-avgust.

Platforma: Zoom.

Ishtirok etishning foydali jihati:

  1. Birlashgan millatlar modeli toʻgʻrisida bilim va tajribaga ega boʻlasiz va bularning barchasi bepul. Shuningdek, nutq madaniyati, diplomatiya, muzokaralar va oʻzingiz xohlagan boshqa koʻnikmalar va tajribaga ega boʻlasiz.
  2. Xalqaro miqyosdagi muammolarini davlat rahbarlari va diplomatlar qanday hal qilishini bilmoqchimisiz? Ushbu konferensiya sizga shunday uchrashuvning simulyatsiyasini yaratib beradi.
  3. Konferensiyani muvaffaqiyatli ishtirokdan soʻng siz Onlayn masofaviy BMT modeli 2.0 ning ishtirokchisi ekanligingizni tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlasiz.
  4. Agar siz konferensiyada eng yaxshi ishtirokchi boʻlsangiz, mukofot olishingiz mumkin!

Qoʻmitalar:

  1. BMT Bosh assambleyasi.
  2. BMT Inson huquqlari kengashi.
  3. BMT Xavfsizlik kengashi.
  4. BMT Atrof muhit dasturi.
  5. BMT Ayollar tashkiloti.
  6. BMTning narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi.
  7. Tinch okeani orollari forumi.
  8. Yevropa Ittifoqi.
  9. Inqiroz Qoʻmitasi.

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling