“Orol boʻyi mintaqasining kelajagi” mavzusidagi ilmiy-amaliy onlayn konferensiya

Tezis va maqolalar qabul qilinadi. Eng yaxshi mualliflarga elektron sertifikat beriladi
  • 1504
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili, qoraqalpoq tili
  • 15000
“Orol boʻyi mintaqasining kelajagi” mavzusidagi ilmiy-amaliy onlayn konferensiya

Tashkilotchilar:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalqaro Orol boʻyi innovatsiya markazi.
  2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi.
  3. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi partiya tashkiloti ijro qoʻmitasi.
  4. Yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi.
  5. Toshkent Davlat Agrar Universiteti Nukus filiali.

O'tkazilish sanasi: 20-mart, 2021-yil.

Platforma: Zoom.

Konferensiyaning maqsadi: Yoshlarni ilmiy — amaliy salohiyatini oshirish va fikrlarini oʻrganish, ekologik madaniyatini oshirish maqsadida, hozirda dolzarb muammolardan biri Orol dengizi qurishi oqibatida kelib chiqadigan salbiy taʼsirlarni yumshatish boʻyicha loyiha va fikrlarni jamlash va amaliy yechimini topish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4433 sonli Qarori hamda 2021-yil “Yoshlarni qoʻllab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida qolaversa 5 muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarni oʻrnini oshirish koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, anjuman yosh avlodga oʻz yoʻnalishlari boʻyicha asosiy ustuvor vazifalarini oʻrganishga va yurtimizdagi muammolarga, yoshlar nuqtai nazaridan, umummilliy iqtisodiy va huquqiy jamiyatni muhofaza qilish jarayoniga jalb etish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bilan shugʻullanishda yordam beradi.

Konferensiya yoʻnalishlari:

  1. Innovatsiya va raqamli texnologiyalarni ahamiyati (fan taʼlim, turizm va boshqa barcha soha.
  2. Ekologiya va Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash (barcha soha).
  3. Qishloq xoʻjaligi (barcha yoʻnalish).

Ishtirokchilar uchun maʼlumot( qachon, qanday oʻtkazilishi):

Onlayn ilmiy-amaliy konferensiya Zoom dasturi orqali 2021-yil 20-martda tashkil etiladi, maqola va tezislar toʻplam shaklida elektron chop etiladi, eng yaxshi tezis va maqola mualliflariga elektron sertifikat beriladi. Anjumanga yuborilgan materiallar tahrir hay'ati tomonidan koʻrib chiqiladi va tahririyatdan oʻtmagan materiallar chop etilmaydi.

Anjumanda barcha talabalar, magistrantlar, yosh tadqiqotchilar va doktorantlar qatnashishlari mumkin. Onlayn anjuman Oʻzbek, Qoraqalpoq va Rus tillarida olib boriladi. Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar telefoniga telegram guruh havolasi yuboriladi, shu yerda konferensiya boʻyicha tayyorlanishi va qoʻshimcha muhokamalar olib boriladi.

Maqolani rasmiylashtirish talablari:

  • Maqola va tezislar matni MS Office dasturining Word muharririda qabul qilinadi;
  • Yuqoridan va pastdan 1 sm, chapdan 2 sm, oʻngdan 1 sm hoshiyaga ega boʻlishi kerak;
  • 14 shrift kattaligida oʻlchamida, 1,5 intervalda boʻlishi va 2 betdan kam boʻlmasligi lozim;
  • Mavzuning nomi katta harflar bilan beriladi, keyingi qatorda muallifning ismi va familiyasi, ish joyi, lavozimi, ilmiy daraja va oʻqish joyi koʻrsatiladi;

Maqolani topshirish jarayoni va muddati:

Maqola va tezislar 2021-yil 12-mart kunigacha,

+998999577377 telegram.

Maxkambek_0595@mail.ru orqali qabul qilinadi.

Maqola va tezislar uchun 15000 (oʻn besh ming) soʻmdan haq olinadi.

Oʻtkazmalar Plastik (Click, Payme) orqali qabul qilinadi.

Kategoriya

Ilmiy konferensiya

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling