"Photography 4 Humanity" fototanlovi

Insoniyat mavzusida fotosuratlar bilan tanlovda qatnashib, Photography 4 Humanity Xalqaro mukofoti va $5000 pul mukofotini qo'lga kiritish imkoni
  • 1623
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Photography 4 Humanity

Oxirgi muddat: 31.08.2020

Photography 4 Humanity xalqaro miqyosdagi tashabbus bo'lib, dunyo bo'ylab fotosuratchilarni o'zlarining suratlari orqali inson huquqlarining himoyasini oshirishga da'vat etadi.

Tashabbusning asosi bo'lib, havaskor va professional fotosuratchilarni har yilgi tanlovga rasmlarni topshirishga da'vat qilish taklif etiladi. Unda g'olib chiqqan Photography 4 Humanityning Global mukofoti va 5000 AQSh dollarini oladi. G'oliblar 2020 yil 10 dekabr - BMTning inson huquqlari kunida e'lon qilinadi va mukofot BMTning inson huquqlari va fotografiska vakillari tomonidan taqdim etiladi.

Photography 4 Humanity Global mukofotiga sazovor bo'lgan g'olib va har yili eng yaxshi 10 nafar ishtirokchi bo'lganlarning fotosuratlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida namoyish etiladi. Galereya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasidan shundoq tashqarisida joylashgan.

Kategoriya

Tanlov
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling