Raqamli avlod qizlari forumi 2021

Forum maqsadi qizlarning IT sohasidagi faoliyatini rivojlantirish, rag'batlantirish hamda axborot-texnologiyalari, biznes kabi yo'lanishlarda bilim ulashishdir
  • 1635
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Raqamli avlod qizlari forumi 2021

Tashkilotchi: Digital Generation Uzbekistan

O'tkazilish vaqti: 3-6-mart 2021-yil

Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 25-fevral 23:59

Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktab, Toshkent, O'zbekiston

"Digital Generation Uzbekistan"dan yangi loyiha!

Qizlarimizning IT sohasidagi faoliyatini rivojlantiramiz, rag'batlantiramiz hamda yangi bilimlar beramiz. Yana bir yangilik, endi bizda nafaqat axborot-texnologiyalari, balki biznes yuritish va yetakchilik qobiliyatini shakllantirish bilan bog'liq yo'nalishlar ham bor:
—Dasturlash (Programming);
—Grafik dizayn (Graphic design);
—Loyihalarni boshqarish (Project Management).

Biz bilan unutilmas tajribaga ega bo'ling!

Oldinda sizni tajribali mentorlar bilan 4 kunlik noan'anaviy darslar hamda Microsoft, Facebook kabi ko'plab dunyoning yirik kompaniyalaridan Xalqaro spikerlar bilan yodda qolarli muloqotlar kutmoqda!

Ushbu ajoyib forumda ishtirok etish uchun ikki bosqichli saralashdan muvaffaqqiyatli o'tishingiz lozim. 

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling