Rassom Sergey Chufarnovning "Ong Lifti" nomli shaxsiy ko'rgazmasi

  • 177
  • 0
  • Rus tili, ingliz tili
  • Bepul
Rassom Sergey Chufarnovning

Tashkilotchi: Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi

Oʻtkazilish sanasi: 27-aprel - 5-may

Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A" uy

2023-yilning 27-aprel kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Kino va teatr rassomi Sergey Chufarnovning “Ong lifti” nomli shaxsiy ko`rgazmasi ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassomning rangtasvir va grafika asarlaridan 60ga yaqini namoyish qilindi.
Sergey Chufarnov – 1973-yil 8-martda Toshkent shahrida tug`ilgan.
1994-2000 yillar - K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Teatr-bezak rangtasviri” bo`limida tahsil olgan.
1998-2000 yillarda – Hamza nomidagi O`zbek drama teatrida sahnalashtiruvchi - rassom;
Abror Hidoyatov nomidagi O`zbek drama teatrida sahnalashtiruvchi - rassom;
O`zbek Operetta teatrida bosh rassom;
“Turkiston” Davlat konsert zalida sahnalashtiruvchi – rassom.
2002-2008 yillar – “O`zbekfilm” Mult birlashmasida sahnalashtiruvchi – rassom va sahnalashtiruvchi – rejissyor;
2009-2010 yillar – “Bayramfilm”birlashmasida sahnalashtiruvchi – rassom va sahnalashtiruvchi – rejissyor;
2017 yil – hozirgacha – O`zbekiston Davlat drama teatri da bosh rassom.
Kino va teatr rassomi sifatida 1997-yildan beri ijod qilib keladi. 
2014-yildan boshlab O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi. 
S. Chufarnov teatr va kino hamda multiplikatsiyadan tashqari, dastgohli rangtasvir va grafika bilan ham muntazam shug`ullanib keladi. U ikki marta shaxsiy ko`rgazmasini tashkil qilgan: 2014-yil - “Yo`qotilgan tushlar ” Art&Fact va 2022-yil “Haqiqiy bo`lmagan” Bonum Factum galereyasi.
2001-yildan 2011-yilgacha juda ko`p guruh ko`rgazmalarida ishtirok etgan. Jumladan: “Ro`yobga chiqmagan rejalar”, “Ijodga hukm qilingan”, “Pastello” va boshqalar. 2012-yildan “KrugI” ijodiy guruhiga qo`shildi. “Navqiron O`zbekiston” 5-an`anaviy va zamonaviy san`at festivalida “KrugI” ijodiy guruhi “Eng yaxshi qarashlar loyihasi’ nominatsiyasi g`olibi bo`lishdi.  
“Ong lifti” ko`rgazmasi joriy yilning 7-mayigacha davom etadi. 

Kategoriya

Trening
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling