"Reaching Stars" onlayn konferensiyasi

Konferensiya maqsadi — O'zbekiston yoshlarini bir maqsad yo’lida birlashtirish, ularda liderlik va intellektual qobilyatlarni shakllantirish, mamlakatimiz yoshlariga bir-birlari bilan o'zaro fikr almashish imkoniyatini taqdim etish
  • 1242
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • 15000

Tashkilotchi: Reaching Stars

O'tkazilish sanasi: 20-25-yanvar 2021

Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 19-yanvar 2021

Platforma: Zoom | Telegram

O'zbekiston yoshlarini jamlaydigan " REACHING STARS" onlayn konferensiyasi barcha yoshlarni o'ziga chorlaydi !

Konferensiyaning maqsadi:

O'zbekiston yoshlarini bir maqsad yo’lida birlashtirish, ularda liderlik va intellektual qobilyatlarni shakllantirish, mamlakatimiz yoshlariga bir-birlari bilan o'zaro fikr almashish imkoniyatini taqdim etish, yoshlarni mamlakatimizda ro'y berayotgan siyosiy va ijtimoiy o'zgarishlarga daxldorlik tuyg'usini oshirish, ularning huquqiy ongi va salohiyatini yuksaltirish, yurtimiz ravnaqi yo’lida munosib hissa qo’shish yo’lidagi sa’y-harakatlarini rag’batlantishdan iboratdir.

  • Siz yoshlar hayotida esda qolarli bo'lishi kutilayotgan konferensiyada ishtirok etishni istaysizmi?
  • O'zingizni eng yaxshi notiq hamda yetakchi deb bilasizmi ?
  • O'z qobiliyatlaringizni kashf qilish va ularni ommaga tatbiq etish uchun fursat kutmoqdamisiz ?

Unda bu konferensiya aynan siz uchun!

Konferensiya davomida:

  1. Respublikamizning turli hududlaridan bo'lgan zukko yoshlar bilan fikr almashish, shuningdek, o‘z bilim va tajribalaringiz bilan bo‘lishish imkoniga ega bo‘lasiz ;
  2. O‘zingizni qayta kashf qilasiz hamda ruhan boshqarishni o'rganasiz;
  3. Yoshlarning huquq va majburiyatlari bilan tanishib olasiz;

Kuchsiz insonlar bo‘lmaydi, biz tabiatdan kuchlimiz ! Bizni xayollarimiz kuchsiz qiladi!
 

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling