Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti va “Al-Xorazmiy xalqaro olimpiada maktabi”dan yoshlar uchun onlayn olimpiada

7–14 va 14–30 yosh toifasidagi ishtirokchilar qatnashishi mumkin boʻlib, barcha ishtirokchilar QR-kodli maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishadi
  • 394
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti va “Al-Xorazmiy xalqaro olimpiada maktabi”dan yoshlar uchun onlayn olimpiada

“Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim” shiori ostidagi onlayn olimpiada

Oxirgi muddat: 29-avgust, 23:59

Oʻtkazilish vaqti: 30-avgust, 7–14 yoshdagilar 8:00–12:00 gacha, 14–30 yoshdagilar 14:00–17:00 gacha qatnashishadi.

Savollar toʻrtta yoʻnalishda tuzilgan boʻlib, murakkablik darajasiga qaragan holda 7–14 yosh toifasiga uchta yoʻnalishdan savollar beriladigan boʻlsa, 14–30 yosh toifasiga barcha yoʻnalishlardan savollar beriladi. 

Yoʻnalishlar:

1. Oʻzbekiston tarixi

2. Mustaqillika erishish

3. Islohotlar

4. “Harakatlar strategiyasi” va “Beshta tashabbus”

Roʻyxatdan oʻtish uchun yoʻriqnoma:

1. khiso.uz saytiga kiring.

2. Tanlov boshlanishidan oldin roʻyxatdan oʻting, login va parolni eslab qoling.

3. Tanlov boshlangan vaqtda esa menyudan “Kirish” tugmasi orqali eslab qolgan login va parolingizni kiritib, shaxsiy kabinetingizga tashrif buyuring.

4. Oxirgi bosqich esa, kabinetingizga kirganingizdan soʻng “Yangi olimpiadalar” boʻlimiga oʻtasiz va testni boshlaysiz.

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling