Tashkilotchi: IMPACT.T
Oʻtkazilish sanasi: 14-iyun, 18:30
Manzil: IMPACT.T technology hub, Bog'ibo'ston ko'chasi, 186-uy
"Retention, PFM, Growth - mahsulot menejerining mahsulotlarni muvaffaqiyatli ishga tushirishi va rivojlantirishi uchun asos" mavzusida leksiya tashkil etilmoqda.
Spiker - Stanislav Skvirskiy, Payme kompaniyasining moliyaviy xizmatlar mahsuloti menejeri. Stas bank va IT sohasida 16 yildan ortiq tajribaga ega. Jamoa bilan birgalikda u Rossiyadagi eng yaxshi investitsiya banklaridan birida muvaffaqiyatli ishlayotgan investitsiya banki uchun SaaS mahsulotini yaratgan. Amerikaning GE Money Bank (General Electric) banki uchun ham turli loyihalarni amalga oshirgan.
Ma’ruza davomida siz IT sohasida, xususan, fintech sohasida mahsulot menejeri kasbi haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Leksiya quyidagi mavzularni o'z ichiga oladi:
- Product management nima?;
- Product Market Fit nima?;
- Retention nimaga kerak?;
- Mahsulotning o'sishini qanday ta'minlash kerak?;
- Case study;
- Savol-javob.
Ushbu leksiyada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.