Tashkilotchi: Ziyo Forum
Oʻtkazilish sanasi: 10-iyul, 16:00
Manzil: Universitet ko'chasi, Ziyo Forum binosi, 12-uy
Ziyo Forum tomonidan “Robotexnika va mexatronika” festivali tashkil etilmoqda. Ushbu festival O‘zbekiston talabalarining robototexnika sohasidagi yutuqlariga bag‘ishlangan noyob tadbirdir.
Festivalda sizni avtomatlashtirish, sun'iy intellekt va ilg'or texnologiyalar olamiga ajoyib sayohat kutmoqda. Ushbu festival robototexnika sohasidagi eng so'nggi ixtirolarni va innovatsiyalarini taqdim etadigan eng iqtidorli dasturchilar va tadqiqotchilarni birlashtiradi. Shuningdek, sizni robotlardan iborat mualliflik shoularini taqdim etadigan qiziqarli chiqishlar kutmoqda. Siz sumo robotlarini, futbol robotlarini va boshqa ko'p turdagi robotlarni ko'rishingiz mumkin.
Ushbu festivalda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Festival 10-iyul kuni soat 16:00da “Ziyo forum” yoshlar markazi hududidagi manzilda bo‘lib o‘tadi.