Tashkilotchi: Samarkand XR center, Honorary Consulate of Finland, Uzbekistan va TATU SF.
Oʻtkazilish sanasi: 11-12-mart
Ro’yxatdan o’tish: 10-martga qadar
Platforma: TATU SF, Ibn Sino ko’chasi, 2A uy
Oʻyin yaratuvchilar, dasturchilar, dizaynerlar, 3D modelerlar, rassomlar va oʻyinlarga ishtiyoqmandlar ishtirok etishlari mumkin.
Game Jam (geym jem) - cheklangan vaqt davomida (odatda 24 dan 72 soatgacha) bir yoki bir nechta o'yinlarni ishlab chiqish maqsadida o'yin yaratuvchilarni bellashuvi hisoblanadi.
Ishtirokchilar guruhlarda birlashadilar va 28 soat ichida, o'sha kuni e'lon qilinadigan mavzu bo'yicha o'yinlarni yaratadilar. Belgilangan vaqt tugagandan so'ng, natijalar taqdim etiladi va muhokama qilinadi, hakamlar hay'ati eng yaxshi uchta jamoani tanlaydi va taqdirlaydi.
G’oliblar esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi.