Tashkilotchi: SMACH madaniy birlashmasi
Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 28-mart 2021
Tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Istalgan formatdagi ijodiy ishlanmalar qabul qilinadi. Mualliflik ishlari go'zal Dolomiti o'lkasining 10 ta manzillarida ochiq osmon ostida namoyish etilishi ko'zda tutilgan.
Bu yilgi konkurs uchun “Mo'rtlik” mavzusi tanlab olindi.
Ijodiy ishlar tanlov o'tkazilishi rejalashtirilgan hududning san'ati, tabiati, madaniyati va umrboqiy qadriyatlarini o'zida namoyon etishi lozim.
Mukofotlar: Yuqori ballarni qo'lga kiritgan 10 ta san'at asarlari tashkilotchilarning 2000 yevro miqdoridagi pul mukofotlariga ega chiqadi; tanlov davomida barcha mualliflar Italiyaning San-martin-de-tor shahrida 4 kunlik oziq-ovqat va turar joy bilan ta'minlanadi. Loyiha yakunida mualliflar namoyish etilgan asarlarni tashkilotchilarga sotish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Ijodiy ishlar taqdim etilishi shart bo'lgan oxirgi muddat: 28-mart 2021
Ishtirok etish uchun siz ro'yxatdan o'tish formasini to'ldirishingiz va uni vizual materiallar (fotosuratlar, rasmlar va boshqalar) bilan birga call@smach.it elektron manziliga yuborishingiz kerak.