Sovrin miqdori 10000$ gacha boʻlgan UrbanTech hakaton musobaqasi

Hakaton tibbiyotda axborot texnologiyalari, taʼlimda axborot texnologiyalari va ijtimoiy hayotda axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida boʻlib oʻtadi
  • 1072
  • 2
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Sovrin miqdori 10000$ gacha boʻlgan UrbanTech hakaton musobaqasi

O'tkazilish sanasi: 20-22-may.

Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 25-may, 2021-yil.

URBAN.TECH BU NIMA? Yoshlarning Respublika Hakaton musobaqasida, jamoalar 72-soat davomida tashkilotchilar tomonidan beriladigan keyslarga zamonaviy, kreativ va innovatsion g`oya va yechimlarini taqdim etadilar. G'oya va yechimlar trener va mentorlar tomonidan o'rganiladi va qo`llab-quvvatlanadi.

Yo'nalishlar:

  1. Tibbiyotda axborot texnologiyalari.
  2. Taʼlimda axborot texnologiyalari. 
  3. Ijtimoiy hayotda axborot texnologiyalar.

Foydali tomonlari:

  • 100 mln gacha moddiy rag`bat;
  • bepul loyiha akseleratsiyasi;
  • startap tanlovlariga yo`llanma;
  • eng sara loyihalar yoshlar texnoparki rezidenti maqomiga ega bo`lishadi;
  • loyihalarning dastlabki xaridorlarini topish imkoni;
  • mamlakatimizda yoshlar bandligini ta`minlash va bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.

Bosqichlar.

Hududiy bosqichlar:

  • hududlarda yoshlar bilan uchrashuvlar;
  • loyihalar bilan tanishish;
  • tanlov shartlarini tushuntirish;
  • loyihalarni saralab olish va akseleratsiyaga tayyorlash;
  • MVP prototip tayyorlash.

Saralash bosqichi. Pitch day:

  • yoshlarga mentorlar birikitiriladi. Loyihadagi kamchiliklar bo`yicha tushunchalar beriladi;
  • ekspertlar tomonidan mahorat darslari, markaz laboratoriyalarida darslar o`tish;

Demo day. Final:

  • yoshlar lohiyalari taqdimoti bo`lib o`tadi;
  • loyihalar ekspertlar tomonidan baholanadi;
  • loyiha bo`yicha qo`shimcha taklif va mulohazalar beriladi;
  • saralangan loyihalar moliyalashtiriladi va joriy etiladi;
  • tanlovdan o`tmagan loyihalar qayta inkubatsiya jarayoniga o`tadi va takomillashtiriladi.

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling