“SPIE International Day of Light” fotosuratlar tanlovi

Yorugʻlik hamda yorugʻlikka asoslangan texnologiyalarning muhimligini aks ettiruvchi fotosuratlar bilan ishtirok etib, $500dan $2500gacha pul mukofoti yutish imkoni
  • 174
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
“SPIE International Day of Light” fotosuratlar tanlovi

“SPIE International Day of Light” fotosuratlar tanlovi

Yorugʻlik hamda yorugʻlikka asoslangan texnologiyalarning muhimligini aks ettiruvchi fotosuratlar bilan ishtirok etib, $500dan $2500gacha pul mukofoti yutish imkoni

Oxirgi muddat: 2020-yil, 16-sentabr 12:00

Gʻoliblar e’lon qilinadigan sana: 2020-yil, 30-oktabr

Nomzodlar 2 xil: 13—17 yoki undan yuqori yoshdagilar

“SPIE International Day of Light” fotosuratlar tanlovi har yili IDL toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish va yorugʻlikning global jamiyatimizning madaniy, iqtisodiy va siyosiy jihatlariga taʼsirini namoyish etish uchun oʻtkaziladi.

Bu yilgi tanlov mavzusi:  “A World of Light: The Vital Role That Light and Light-Based Technologies Play in Daily”

Tanlovga taqdim etiladigan fotosuratlarda quyidagilar aks etishi mumkin:

  • Yorugʻlikning turli xil xususiyatlari va uning atmosfera, tabiat va materiallar bilan oʻzaro taʼsiri;
  • Yorugʻlik texnologiyalari: lazerlar, LED va h.k.;
  • Mikroskop, teleskoplar kabi yorugʻlik texnologiyalari yordamida yaratilgan suratlar;
  • Yorugʻlik va/yoki yorugʻlik texnologiyalari bilan insonlarning oʻzaro ta’siri; 
  • Inson hayotining yorugʻlik bilan yaxshilanishi.

Mukofot:

1-o’rin: $2500

2-o’rin: $1000

3-o’rin: $500

Yorugʻlik texnologiyasiga oid eng yaxshi fotosurat: $750

Yoshlar uchun (13-17yoshdagilar): SPIEdan maxsus syurpriz.

Fotosuratlarga qoʻyilgan talablar:

  • Fotosuratlar TIF va JPG/JPEG formatida bo’lishi lozim;
  • Fotosuratlar 300dpi va kamida 3000 piksel oʻlchamda boʻlishi, hajmi 5-20mb boʻlishi shart.

Ariza topshirish tartibi ikki xil:

13—17 yoshdagilar ushbu link orqali ariza topshirishadi.

Bu yoshdan yuqoridagi boshqa ishtirokchilar ushbu link orqali ariza topshirishadi.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun: IDLinfo@spie.org elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling