Tashkilotchi: Buxoro davlat universiteti, Ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash markazi.
Oʻtkazilish vaqti: 26-noyabr, 14:00.
Platfroma: Zoom.
Tezis yuborish oxirgi muddati: 18-noyabr, 2020-yil.
Sizlarni, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bagʻishlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2020-yil 13-fevraldagi 116-son buyrugʻiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 574- son qaroriga asosan Buxoro davlat universiteti hamda Ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash markazi hamkorligida 2020-yil 26-noyabr kuni “Sportda va yosh avlod jismoniy tarbiyasida innovatsion texnologiyalar” mavzusida oʻtkaziladigan xalqaro miqyosida ilmiy retsenziyalangan onlayn-konferensiyaga taklif etamiz.
Shu munosabat bilan 2020-yilning 18-noyabrigacha maʼruza tezislari oʻzbek, rus va ingliz tillarida Ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash markazi (Research Support Center) rasmiy saytiga elektron koʻrinishda yuborishingizni soʻraymiz.
Mazkur konferensiya 2020-yil 26-noyabr kuni soat 14:00 da “Research Support Center”ning rasmiy veb sahifasida koʻrsatilgan “Zoom” platformasi orqali oʻtkaziladi.
Konferensiyaga qoʻyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tezislar qabul qilinadi:
1 – shoʻba: Jismoniy madaniyat taʼlimida yangi maʼno va mazmun.
2 – shoʻba: Oʻsmirlar va xotin-qizlar sportining dolzarb muammolari.
3 – shoʻba: Jismoniy madaniyat tizimida sogʻlomlashtiruvchi texnologiyalar.
4 – shoʻba: Adaptiv jismoniy madaniyat va sport.
5 – shoʻba: Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Konferensiya toʻplamida nashr etilgan ilmiy tezislar GOOGLE SCHOLAR xalqaro bazasida indeksatsiyalanadi, har biriga alohida DOI raqam beriladi.