"Startap bozorini baholashning sifatli va miqdoriy usullari" mavzusida seminar

Spiker - Denis Kalishkin, I2BF Global Ventures, Amerika venchur kapitali fondining investitsiya bo'yicha direktori va IT-kompaniyalarga investitsiya jalb qilish sohasida 8 yillik tajriba egasi
  • 418
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili
  • Bepul

Tashkilotchi: INNO Technopark

Oʻtkazilish sanasi: 12-aprel, 18:30

Manzil: Toshkent shahri, Olmozor tumani, Qamarniso ko'chasi

12- aprelda, INNO Texnoparkda Denis Kalishkin va Akbarxon Sobirxonov  texnologiya va IT-kompaniyangiz uchun bozor jozibadorligini baholash bo`yicha seminar o'tkazishadi.

Denis Kalishkin:

  • I2BF Global Ventures (https://i2bf.com/) , Amerika venchur kapitali fondining investitsiya bo'yicha direktori;
  • AQSH, Yevropa, Lotin Amerikasi, Rossiya va Qozogʻiston bozorlarida IT-kompaniyalarga investitsiya jalb qilish sohasida 8 yillik tajribaga ega. 

Shuningdek seminarda INNO Texnopark direktori Akbarxon Sobirxonov "INNO Texnoparkda talabalar va o'z g'oyasiga ega yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar" mavzusida ma'lumotlar berib  o'tadilar. 

Seminarda bozorni tanlashda qanday xususiyatlarni hisobga olish kerakligi  tahlil qilinadi, shuningdek, AQSh, Lotin Amerikasi va MDH davlatlari startaplari uchun bozor tahlilining 8 ta misoli ko'rib chiqiladi.

Seminarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling