Tashkilotchi: Startup Weekend Tashkent
Oʻtkazilish sanasi: 6-may, 11:00
Manzil: C-Space kovorking, Yunusobod tumani
Shanba kuni Alif O'zbekistonda product manager bo'lib ishlaydigan Manguberdi Lapasovning “Startaplarda daromad va chiqimlarni tushunish” mavzusida prezentatsiyasi bo'lib o'tadi.
Bu ma'ruzada startaplardagi moliyaviy qonunlarning an'anaviy tadbirkorlikdan farqi, ulardagi daromad manbalarini aniqlash va optimallashtirish bo'yicha strategiyalar va xarajatlarni minimallashtirish haqida so'z boradi. Ma'ruzadan so'ng kofe-tanaffus vaqtida boshqa ishtirokchilar va spiker bilan birga networking qilib, hamfikr tanishlar ham orttirish imkoniyati bo'ladi.
Ushbu tadbirda qatnashish bepul va ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish talab etiladi.