“Startup Go” startaplar va texnologiya sohasi tadbirkorlari tanlovi
Oʻtkazilish vaqti: 9—18-oktabr
Oxirgi muddat: 10-sentabr
Startup Go — bu nafaqat “GoViral” xalqaro festivali doirasida boʻlib oʻtadigan startaplar va texnologiya sohasidagi tadbirkorlar uchun tanlov, balki mahalliy jamoalarga global kompaniya yaratish, uni butun dunyoga targʻib qilish va natijada millionlab odamlarning hayotiga taʼsir qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Bu yil “Startup Go” Yevrosiyo jamgʻarmasi va Markaziy Osiyoda fuqarolik jamiyatini qoʻllab-quvvatlash dasturining moliyaviy koʻmagida oʻtkaziladi.
Kim murojaat qilishi mumkin?
• “Impact” — (3 yoshdan katta bo'lmagan) yosh boshlangʻich startaplari, bu jamoalarning ijtimoiy, iqtisodiy yoki ekologik rivojlanishiga hissa qoʻshadi
• mahsulotning prototipi boʻlishi kerak (bitta loyihaning taqdimoti yetarli boʻlmaydi)
• shakllangan jamoa
• Talab mavjudligi (mahsulot bozorga kerakligini tasdiqlovchi dalillar (birinchi foydalanuvchilar borligi/sotuv/roʻyxatdan oʻtish/oldindan toʻlov))
• oʻz loyihalarini amalga oshirishda jamoaning toʻliq ishtiroki (toʻliq vaqtda)
• O'rta Osiyoliklar
• 9-dan 18-oktabrgacha o'z loyihangizni festivalda onlayn ravishda taqdim etish istagidagilar
Finalda startaplarni baholash mezonlari
Barcha bosqichlarda hakamlar hayʼati aʼzolari barcha loyihalarni bir necha parametrlar boʻyicha har tomonlama baholaydilar, ularning asosiylari:
• jamoa haqiqatan ham impakt startap mezoniga javob beradimi?
• mahsulotning isteʼmol xususiyatlarining oʻziga xosligi
• bozor hajmi va biznes modelining miqyosi
• biznes modelini monetizatsiya qilish imkoniyatlari
• loyihani amalga oshirish uchun mos jamoaning mavjudligi
Ariza topshirish uchun har bir startap:
• To'liq roʻyxatdan oʻtishi
• 10-sentabrgacha oʻz loyihangiz haqida taqdimotni ppt va pdf formatida business@goviral.kz elektron manziliga yuborishi kerak
Mavzu matni quyidagi formatda boʻlishi kerak: Startup GO 2020 — startap nomi.
Tavsiya etiladigan taqdimot(ppt):
Loyihaning nomi, logotipi (mavjud bo'lsa), mamlakat, shahar
• siz hal qilayotgan muammo
• siz taklif qiladigan yechim
• qamrab olingan/mumkin boʻlgan bozor + loyihaning mamlakat va dunyodagi ijtimoiy, iqtisodiy yoki ekologik rivojlanishiga olib keladigan ta'siri
• bugungi taraqqiyot (mijozlar soni, savdo, daromad va boshqalar)
• raqobatchilar — jamoa (aʼzolar kim va vazifalar qanday taqsimlangan)
• ushbu bosqichda nimani qidirmoqdasiz (investitsiyalar, murabbiylik, sheriklar va boshqalar)
• kontaktlar
Sovrinlar:
Sovrin jamgʻarmasi 6000 AQSh dollarini tashkil etadi. Ular quyidagicha eng yaxshi 3 startaplar orasida boʻlinadi:
1-oʻrin — $ 2000
2-oʻrin — $ 2000
3-oʻrin — $ 2000
Bundan tashqari, gʻoliblar musobaqa tugaganidan keyin bir oy ichida murabbiylik va ekspert yordamiga ega boʻladilar.