„Sun'iy intellekt“ mavzusida mahorat darsi

Mahorat darslari Shvetsiyadagi Lund universiteti professori doktor Karina Geldhauser tomonidan olib boriladi
  • 419
  • 0
  • Nemis tili
  • Bepul
„Sun'iy intellekt“ mavzusida mahorat darsi

Tashkilotchi: Gyote Instituti

Oʻtkazilish sanasi: 6-8-aprel, 13:00-15:45

Manzil: Gyote Instituti, Amir Temur, 42-uy

Toshkent shahrida 19-apreldan boshlab taqdim etilishi rejalashtirilgan „Koinot. Inson. Aql idrok.” ko'rgazmasi doirasida Toshkent shahridagi maktab o'quvchilari uchun bir qator mahorat darslari tashkil etilmoqda. Mahorat darslari Shvetsiyadagi Lund universiteti professori doktor Karina Geldhauser tomonidan olib boriladi. U Tyubingen, Piza va Parijda matematika, falsafa va dinshunoslikni o‘rgangan.

Mahorat darslari tarjimonsiz to’liq nemis tilida olib borilishini hisobga olib, ishtirok uchun nemis tilini B1/B2 darajasida biladigan Toshkent maktablari o'quvchilari taklif etiladi.

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling