"Tarixiy ayol shaxslardan sizga eng sevimlisi kim va nima uchun?" mavzusida insholar tanlovi

G'olibga ACT dan sovg'alar beriladi.
  • 375
  • 3
  • Ingliz tili
  • Bepul

Tashkilotchi: AQSh ning Toshkentdagi elchixonasi

 Qabul qilish muddati: 20-avgust

Talablar:

1. Ingliz tilida 400-500 so'zdan iborat insho yozing.

2. Inshoingizni quyida keltirilgan havola orqali 2020-yil 20-avgustdan kechiktirmay topshiring.

3. G'olib haqida eshitish uchun "American Spaces in Uzbekistan" Facebook sahifasi va Telegram kanaliga tashrif buyuring!

Qatnashish mezonlari:

 1. 16 va undan katta yoshdagi O'zbekiston fuqarosi bo'ling.

 2. Shaxsiy elektron pochta hisob qaydnomangizga ega bo'ling.

Eng yaxshi insho yozuv uslubiga, grammatikadan foydalanish va imlo qoidalariga qarab tanlanadi. Barcha insholar asl bo'lishi kerak va plagiat uchun tekshiriladi. G'olib elektron pochta orqali xabarnoma oladi va 2020-yil 31-avgust kuni e'lon qilinadi. Sovg'a ACT karantindan keyin ochilgach beriladi.

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling