"Technoways” texnologik rivojlanish marafonining IV-mavsumi

Samarqand viloyatidagi innovator yoshlar uchun “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni o‘tkaziladi
  • 35
  • 0
  • Bepul

Tashkilotchi: Innovatsiyalar milliy ofisi

Oʻtkazilish sanasi: 21-24-sentabr

Manzil: Samarqand shahri Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy Ofisi hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan o‘rta va oliy ta’lim muassasalaridan ilmga chanqoq, iqtidorli yoshlarni saralab olib, 2 kun davomida ularning g’oyalarini loyihalarga, loyihadan protip ko’rinishigacha olib borishga hamda protiplarni akseleratsiya qilinishiga, umuman aytganda g’oyalardan biznesgacha bo’lgan yo’lda ko’maklashish uchun TEXNOLOGIK RIVOJLANISH MARAFONI Samarqand va Andijon viloyatlarida tashkil etilmoqda.

Yo'nalishlar:

  • 3D Prototiplashtirish
  • Mexatronika va Robototexnika
  • Dasturlash
  • Biotexnologiya
  • Oziq-ovqat sanoati
  • VR va AR
  • Muqobil energiya
  • Mashinasozlik.

 

 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling