“The Bodley Head | Financial Times” insholar tanlovi
Hozirgi kunda oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan mavzuga oid insho yozgan gʻolib £300 dan £1000gacha mukofot va sovgʻalar bilan taqdirlanadi
Oxirgi muddat: 2020-yil, 24-avgust 17:00
Bodley Head | FT insholar tanloviga 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan har kim qatnashishi mumkin. Hakamlar har qanday mavzu boʻyicha ingliz tilida 3500 so'zdan ko'p bo'lmagan o’z dolzarbligini yoʻqotmagan mavzuga oid insholarni qabul qilib tekshirishadi.
1-oʻrin g’olib 1000 funt sterling mukofot pul bilan taqdirlanadi va inshoning elektron namunasi The Bodley Head va Financial Times tomonidan chop etiladi.
2-va 3-oʻrin sohiblari 300 funt sterling bilan taqdirlanadi hamda inshoning elektron namunasi The Bodley Head tomonidan chop etiladi.
Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
Insho ingliz tilida yozilishi kerak boʻlsa-da, muallifning ingliz tilini bilish darajasi emas, inshodagi gʻoyaga yuqoriroq baho beriladi.
Qoʻshimcha ma’lumot uchun weekend.readers@ft.com elektron pochtasiga murojaat qilish mumkin.
Eslatma: Topshirilgan insholarda ishtirokchining ism-sharifi yoki uning shaxsini koʻrsatuvchi boshqa ma’lumotlar yozilishi mumkin emas!