Tashkilotchi: IT Park
Oʻtkazilish sanasi: 16 - iyul, 18:00
Manzil: Maxtumquli ko'chasi, 1A-uy, IT Park
16-iyul kuni soat 18:00 da IT Park da “Top universitetlardagi startaplar: qabul qilinishdan loyihani ishga tushirishgacha” mavzusida Startup Meetup bo‘lib o‘tadi.
Meetup spikeri — Valera Arakelyan, xalqaro universitetlarga oʻqishga kirish va o‘qish tajribasi, “Freshman Academy” startapining ishga tushirilishi, Ivy League va boshqa nufuzli universitetlardagi startap madaniyati haqida gapirib beradi.
Valera Arakelyan — Yale-NUS College bitiruvchisi. Uning “Freshman Academy” startapi butun O‘zbekiston bo‘ylab dunyoning eng yaxshi universitetlariga o‘qishga kirish boʻyicha yetakchilardan hisoblanadi. “Freshman Academy” talabalari orasida Yale University, UChicago, NYUAD va dunyoning boshqa koʻplab nufuzli universitetlariga o‘qishga kirgan yoshlar ham bor.
Meetup'da ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.