To'rt haftalik onlayn dastur orqali Amerika universiteti bilan batafsil tanishish imkoni

UW-Madison universitetining onlayn vositalaridan foydalangan holda ishtirokchilar dunyo bo'ylab yangi do'stlar bilan mashg'ulotlar va munozaralarda qatnashishlari mumkin
  • 515
  • 0
  • Ingliz tili
  • 450$
To'rt haftalik onlayn dastur orqali Amerika universiteti bilan batafsil tanishish imkoni

Tashkilotchi: EducationUSA_Tashkent

Oʻtkazilish sanasi: 28-iyun - 28-iyul

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 15-iyun

Platforma: Onlayn

UW-Madison universiteti va EducationUSA akademiyasi xalqaro o'rta maktab o'quvchilariga (15-17 yosh) AQSh universitetidagi hayotni o'rganish va onlayn muhitda ariza topshirish jarayoniga tayyorgarlik ko'rish imkoniyatini yaratmoqda. Universitetning onlayn vositalaridan foydalangan holda, ishtirokchilar butun dunyodan yangi do'stlar bilan mashg'ulotlar va munozaralarda qatnashishlari mumkin. Ushbu onlayn sessiyalar STEM yo'nalishlariga qaratilgan.

Dastur quyidagi imkoniyatlarni o'z ichiga oladi:

  • STEM yo'nalishi hamda unda karyera qilish uchun sizdan talab qilinadigan qiziqish va ko'nikmalar haqida sessiyalar;
  • STEM mutaxassislarining muvaffaqiyat hikoyalari;
  • UW-Madisonda STEM imkoniyatlari;
  • UW-Madison talabalari, xodimlari bilan bog'lanish va kuchli netvorking yaratish imkoni;
  • Qiziqarli o'yinlar va mashg'ulotlarda tengdoshlar bilan muloqot qilish imkoniyati kabilar. 

Ushbu onlayn dasturda qatnashish uchun 450$ to'lov talab etiladi. Shuningdek, dasturda ishtirok etishni istaganlar 15-iyunga qadar ro'yxatdan o'tishlari zarur. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling