Toshkent suvenirlari yarmarkasi

Mehmonlar hunarmandchilik buyumlari va suvenirlarini xarid qilishlari, ularning tayyorlanish jarayonini kuzatishlari, shuningdek, yulduzlar chiqishlari va ko`ngilochar dasturlarni tomosha qilishlari mumkin
  • 381
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili, ingliz tili
  • Bepul
Toshkent suvenirlari yarmarkasi

Oʻtkazilish sanasi: 19-21-avgust

Manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh ko'chasi, Broadway

19-21 avgust kunlari poytaxtning Sayilgoh ko'chasida (Broadway) Toshkent suvenirlari yarmarkasi bo`lib o'tadi. 

Mehmonlar uch kun davomida O'zbekistonning mashhur hunarmandlaridan o'zlari yoqtirgan hunarmandchilik buyumlari va suvenirlarini xarid qilishlari, ularning tayyorlanish jarayonini kuzatishlari va o'zlari ishtirok etishlari, shuningdek, yulduzlar chiqishlari va ko'ngilochar dasturni tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.

Yarmarkada O`zbekistonning barcha viloyatlaridan 200 dan ortiq hunarmandlari ishtirok etadi. Yarmarkaga tashrif buyuruvchilar mahorat darslarida qatnashish, ipak mato to'qish, do'ppi naqshini berish, beshik yasashda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishadi. 

Ushbu yarmarkaga kirish bepul. 

Kategoriya

Koʻrgazma

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling