"Turk tilini bilasizmi?" mavzusida seminar

Spikerlar: — Nargiza Atabayeva - Turk tilini o'qitish bo'yicha 18 yillik tajribaga ega inson (Daraja C1-C2); — Go'zal Mirzayeva - ko'plab turk tilidagi asarlar tarjimoni, "Tarjimonlar akademiyasi" a'zosi
  • 149
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul

Joriy yilning 13-18-fevral kunlari O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar sardorlar Kengashi va "Universe" erkin volontyorlik harakati tashabbusi bilan yo'lga qo'yilgan "Ma'naviyat haftaligi"ning ilk loyihasiga start beriladi.

Yoshlarning xorijiy tillarga bo'lgan qiziqishini qo'llab-quvvatlash maqsadida 14-fevral kuni soat 15:00 da O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining faollar zalida "Turk tilini bilasizmi?" mavzusida seminar bo'lib o'tadi.

Spikerlar:

  • Nargiza Atabayeva - Turk tilini o'qitish bo'yicha 18 yillik tajribaga ega inson (Daraja C1-C2);
  • Go'zal Mirzayeva - ko'plab turk tilidagi asarlar tarjimoni, "Tarjimonlar akademiyasi" a'zosi.

Siz ham mazkur treningda ishtirok etishni istaysizmi? U holda darhol @miracle_mary manzili orqali hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Ro'yxatga olish 13-fevral kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi. Joylar soni chegaralangan!

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling