“Uchinchi renessans bunyodkorligi” shiori ostida Oʻzbekiston Yoshlar va talabalar forumi

Forumda “Zakovat”, “Mnemonika”, “Mental arifmetika” va boshqa turli tanlov va musobaqalar boʻlib oʻtadi
  • 1095
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili
  • Bepul
“Uchinchi renessans bunyodkorligi” shiori ostida Oʻzbekiston Yoshlar va talabalar forumi

Tashkilotchi: Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar.

Oʻtkazilish sanasi: 29-30-iyun, 2021-yil.

Manzil: Toshkent botanika bogʻi.

Forumda “Zakovat”, “Mnemonika”, “Mental arifmetika”, “Shaxmat”, “Kubik-Rubik” intellektual tanlovlari, aniq fanlarni yaxshi biladigan yoshlar oʻrtasida sunʼiy intellekt sohasidagi musobaqalar, yosh olimlar, marketologlar bilan uchrashuvlar, “Marketing.uz”, “Design Club Uzbekistan”, “Modul 5”, “Biznesga Qadam” va shu kabi istiqbolli loyihalar taqdimotlari oʻtkazilishi kutilmoqda.

Siz ham imkoniyatni qoʻldan boy bermay @Yoshlar_forumi_bot telegram-botida tezroq roʻyxatdan oʻting va bu yilgi yozning unutilmas voqeasi ishtirokchilaridan biriga aylaning. 29-iyundagi tadbirga faqatgina bot orqali roʻyxatdan oʻtganlar kiritiladi, 30-iyunda esa taklifnoma asosida kiriladi.

*Tadbir belgilangan karantin talablari asosida oʻtkaziladi.

Kategoriya

Forum
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling