“Universe” erkin volontyorlik harakatiga qoʻshilish imkoniyati

Oʻzbekistonda volontyorlik harakatini rivojlantirish va yoshlarda jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik hissini uygʻotish maqsadida izlanuvchan, yuksak irodaga ega yoshlar taklif qilinadi
  • 1782
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
“Universe” erkin volontyorlik harakatiga qoʻshilish imkoniyati

Tashkilotchi: “Universe” erkin volontyorlik harakati.

Oxirgi muddat: 3-noyabr, 2020-yil.

Maqsad:

  • demokratik jamiyatda yoshlarning oʻz oʻrnilarini egallashlarida yordam berish;
  • yoshlarda shaxs manfaatidan koʻra jamiyat manfaatini ustun qoʻyish immunitetini shakllantirish;
  • yoshlarda jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik hissini uygʻotish;
  • Oʻzbekistonda volontyorlik harakatini rivojlantirish va ularga hurmat va ehtirom bilan munosabatda boʻlish; 

Yuksak irodaga ega yoshlarni izlamoqdamiz. Vaqtni boy bermang, roʻyxatdan oʻting va biz bilan yangi Oʻzbekistonni birgalikda quring!

Unutmang: “Volontyor — qora ishchi emas, u kelajak kaliti, jamiyat ustunidir!“

“Universe” erkin volontyorlik harakati haqida

2019-yil 10-noyabr sanasida tashkil topgan. Bugungi kunga qadar 50 ga yaqin loyihalarni amalga oshirildi va 70 ga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam koʻrsatildi.

4 ta yoʻnalishda faoliyat yuritadi:

  1. Inson omili yoʻnalishi.
  2. Ezgulik ovozi yoʻnalishi.
  3. Gʻoyalar minbari yoʻnalishi.
  4. OAV bilan ishlash va media yoʻnalishi.

Volontyorlarni qabul qilish 27-oktabrdan 3-noyabrgacha davom etadi.

Kategoriya

Volontyorlik

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling