Tashkilotchi: O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, "Universe" erkin volontyorlik harakati
Oʻtkazilish sanasi: 09.10.2021-18.12.2021, har shanba, 15:00-17:00
Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 7-oktabr, 00:00
Manzil: Toshkent shahri
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi hamda "Universe" erkin volontyorlik harakati tashabbusi bilan joriy yilning 9-oktabridan 18-dekabriga qadar davom etuvchi "Universe volontyorlar maktabi" 2-mavsum yoxud "Shaxsiyatni rivojlantirish maktabi"ga start berilmoqda.
Ushbu maktabga professional mutaxassislar jalb etilib, unda o'z bilim va salohiyatingizni yanada oshirishingiz mumkin.
"Shaxsiyatni rivojlantirish maktabi"da 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin. Ro'yxatdan o'tishda havolada ko'rsatilgan ma'lumotlarni to'g'ri, imloviy, lug'aviy va grammatik xatolarsiz yozilganiga ahamiyat beriladi.