Tashkilotchi: Toshkentdagi Vengriya Elchixonasi
Oʻtkazilish sanasi: 3-mart 16:00-20:00
Platforma: Onlayn
Tadbirning maqsadi – Universitetda mavjud fakultet va o'quv dasturlari haqida ma’lumot berish hamda Vengriyaning “Stipendium Hungaricum” davlat stipendiyasi va “Erasmus” dasturi doirasida grantlarni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini talabalar va ularning ota-onalariga yoritib berishdir.
Virtual “Ochiq eshiklar kuni 2022”da ishtirok etish istagini bildirgan talabalar va ularning ota-onalari quyidagi veb-sahifasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin (barcha ma’lumotlar veb-sahifada mavjud)
Ma’lumot uchun: Universitet Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan bo‘lib, 140 yillik tarixga ega. Universitet muhandislik, axborot texnologiyalari va iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaydi.