Tashkilotchi: O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
O’tkazilish vaqti: 3-8 noyabr
InnoWeek haftaligi doirasida an'anaviy ravishda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o'tkaziladigan Robotics Challenge ARM musobaqalari 2020-yil 3-8 noyabr kunlari onlayn tarzda o'tkaziladi.
Tanlov turli yo'nalishlardagi innovatsion loyihalar taqdimotlari, treninglar, xalqaro robototexnika tanlovlarini o'z ichiga oladi.
International Robotics Challenge ARM 4 yo'nalishda bo'lib o'tadi.
Qatnashishni istagan nomzodlar tanlov yo'nalishini tanlashi shart va sayt orqali ro'yxatdan o'tishlari lozim.