Tashkilotchi: IDP IELTS
Oʻtkazilish sanasi: 30-31-avgust, 2-sentabr
Manzil: Toshkent shahri
Xorijiy mutaxassislar tomonidan o'qituvchilarni tayyorlash tadbiri oflayn tarzda tashkil etilmoqda.
Spikerlar:
- Diane Xoggings — 30 yillik tajribaga ega oʻqituvchi, 25 yil davomida IELTS imtihonida qatnashgan ekspert, 80 dan ortiq mamlakatlarda boʻlgan va Hindiston, Xitoy, Misr va Livanda oʻqituvchilarni tayyorlagan trener. Seminar mavzusi: IELTS uchun nutq va talaffuz bo'yicha eng yaxshi maslahatlar.
- Judith Hudson - Avstraliyalik ingliz tili o'qituvchisi, CELTA oʻqituvchisi va tekshiruvchisi, Kembrij universitetining og'izaki imtihonlari tekshiruvchisi. Seminar mavzusi: "Fun with grammar".
Ushbu tadbirda qatnashish uchun 300 000 so'm miqdorda to'lovni amalga oshirish talab etiladi.
Tadbirda ishtirok etishni xohlovchilar oldindan ro'yxatdan o'tishlari zarur.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga qatnashganlik to'g'risidagi sertifikat taqdim etiladi.