“Yangi voqelik: Yirtqich nashrlar istilosining ilmiy salohiyatga tahdidi” mavzusida vebinari

“Biznes”, “qoʻshimcha mablagʻ topish” maqsadidagi ilmiy ishlarni sifatiga qaramasdan chop etib, taʼlim muassasalari va uning ilmiy jamoasiga putur yetkazayotgan nashrlarga duch kelmaslik uchun qanday yoʻl tutish kerakligi haqida maʼlumotlarga ega boʻling
  • 835
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
“Yangi voqelik: Yirtqich nashrlar istilosining ilmiy salohiyatga tahdidi” mavzusida vebinari

Tashkilotchi: El-yurt umidi.

Oʻtkazilish sanasi: 18-iyun, 17:00.

Platforma: Zoom.

Soʻnggi paytlarda ilmiy tadqiqot olib boruvchi yosh olimlarning safi oshgani, qolaversa ularni taʼlim muassasalari tomonidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish mexanizmlari oshgani kuzatilmoqda. Bu esa izlanuvchilar, ilmiy tadqiqotchilarni turli xorijiy nashrlarda ilmiy ishlarini chop etishga qiziqishini oshiradi. Lekin shunday nashrlar borki, ular asosan “biznes”, “qoʻshimcha mablagʻ topish” maqsadida ilmiy ishlarni sifatiga qaramasdan chop etib, taʼlim muassasalari va uning ilmiy jamoasiga putur yetkazayotgani aniqlanmoqda.

Mazkur masalalar yuzasidan xorijiy davlatlarda faoliyat olib borayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida atroflicha tahlillarga asoslangan onlayn vebinar tashkil etish rejalashtirilgan.

Onlayn vebinar 2021-yil 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da “El-yurt umidi” jamgʻarmasi huzuridagi Xalqaro vatandosh ekspertlar Forumi aʼzolari ishtirokida oʻtkaziladi.

Vebinarda oliy taʼlim muassasalari rahbar xodimlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar hamda barcha qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Vebinarda qatnashuvchilar Jamgʻarma rasmiy saytida belgilangan tartibda https://webinar.eyuf.uz roʻyxatdan oʻtishlari soʻraladi.

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling