Yaponiyaning Okinava fan va texnologiyalar institutidan xarajatlari to'liq qoplanuvchi stajirovka, 2021 yil

Bakalavr va Magistr talabalari uchun Yaponiyaning ko'zga ko'ringan institutida amaliyot o'tash imkoniyati
  • 1706
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
Yaponiyaning Okinava fan va texnologiyalar institutidan xarajatlari to'liq qoplanuvchi stajirovka, 2021 yil

Oxirgi muddat: 15.10.2020


Amaliyot davomiyligi: 2-6 oy


OIST magistrlik maktabi bakalavr va magistr talabalari uchun ilmiy tadqiqot amaliyotlari orqali ta'lim va tadqiqot imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu 2-6 oylik amaliyot ma'lum bir laboratoriyada tajriba orttirish yoki ma'lum bir texnikani o'rganish imkoniyatini beradi. Amaliyotchilar OIST professori rahbarligida ishlaydi va OIST tadqiqot faoliyatiga o'z hissasini qo'shadi. Ilmiy amaliyotchilar uchun joylar tanlov asosida yiliga ikki marta beriladi.


Qanday xarajatlar qoplab beriladi:

  • safar xarajatlari
  • sug'urta xarajatlari
  • visa xarajatlari
  • turar joy
  • va qo'shimcha stipendiy beriladi

To'liq ma'lumotlar va muvofiqlik mezonlari bilan rasmiy havola orqali tanishishingiz mumkin.


Telegram kanalimizga aʼzo boʻling