Tashkilotchi: Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi.
Oxirgi muddat: 31-avgust, 2020-yil.
Tanlovga taqdim etiladigan amaliy va innovatsion loyihalar quyidagi talablarga javob berishi zarur:
1) loyiha ijrochilariga qoʻyiladigan talablar:
2) loyiha mazmuni quyidagi talablarga mos boʻlishi zarur:
Koronavirus pandemiyasi sababli respublikamizda eʼlon qilingan karantin sharoitida loyihalar
2020-yilning 31-avgustgacha qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Bunda quyidagi hujjatlarning asl nusxasi skaner qilinib,
Loyiha matni A4 formatdagi standart qogʻoz varagʻining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida 1,15 qator oraligʻida yozilishi lozim. Har bir bet yuqoridan va pastdan 2
Matnni tayyorlashda “
Betlar titul varagʻidan boshlab oxirgi varaqqacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki oʻng burchagida
2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varagʻiga 1 raqami qoʻyilmaydi.
Loyihaning har bir talab qilingan hujjati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi.
Loyiha rahbari va ishtirokchilarining mezonlarda talab qilingan ilmiy ishlar roʻyxati (oxirgi 3 yil davomidagi nashrlar quyidagi xronologik tartibda keltirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi: monografiya; patent; ilmiy maqola; ilmiy toʻplamlar va boshqa nashr ishlari) 3.4-shaklga qatʼiy rioya qilingan holda rasmiylashtiriladi va muallif, ilmiy kotib tomonidan imzolanib, tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.
Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.
Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning masʼul xodimlari javobgar hisoblanadilar.
Tanlov mavzusi boʻyicha bitta loyiha kelib tushgan taqdirda ushbu mavzu boʻyicha qayta tanlov eʼlon qilinadi. Uning natijasi boʻyicha ham yangi loyiha kelib tushmasa, dastlab kelib tushgan loyiha rahbari bilan muzokara oʻtkazilib, salohiyatiga koʻra keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
Eslatma:
Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq yosh olimlarning amaliy va innovatsion loyihalari tanlovining MAVZULARI ROʻYXATI quyidagicha: