​​“Yoshlar odam savdosiga qarshi” mavzusida insholar tanlovi

G‘oliblar 2020-yil 15-avgust kuni eʼlon qilinadi
  • 1592
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili, ingliz tili
  • Bepul
​​“Yoshlar odam savdosiga qarshi” mavzusida insholar  tanlovi

Tashkilotchi: Yoshlar Ittifoqi

Mavzu:Yoshlar odam savdosiga qarshi!” mavzusida insholar  tanlovi!

Muddat: 10.08.2020

BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (UNODC), Tinchlikni tiklash jamg‘armasi (UN Peacebuilding Fund) hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Farg‘ona vodiysi yoshlar ijtimoiy uyg‘unligi uchun” loyihasi doirasida odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olish maqsadida “Yoshlar odam savdosiga qarshi!” mavzusida insholar  tanlovini e’lon qiladi.


Tanlovda ishtirok eting, odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shing va g‘olib bo‘ling!


Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadilar:

1-oʻrin  – Smartfon va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;

2- oʻrin – Smartfon va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;

3- oʻrin – Smartfon va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;

4-oʻrindan – 10 oʻringa qadar  esdalik uchun sovgʻalar.


Insholar 2020-yil 10-avgustga qadar uzb.youth@gmail.com elektron pochtasi yoki +998993731006 raqamiga telegram orqali qabul qilinadi. 


Tanlovga insholar ingliz, rus va o'zbek tillarida qabul qilinadi.


G‘oliblar 2020-yil 15-avgust kuni eʼlon qilinadi.

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

SDG
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling