Tashkilotchi: Yoshlar Ittifoqi
Muddati: 18.07.2020-28.07.2020
G‘oliblar 2020-yil 30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kunida eʼlon qilinadi.
BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (UNODC), Tinchlikni tiklash jamg‘armasi (UN Peacebuilding Fund) hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Farg‘ona vodiysi yoshlar ijtimoiy uyg‘unligi uchun” loyihasi doirasida odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olish maqsadida “Yoshlar odam savdosiga qarshi!” mavzusida maqolalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok eting, odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shing va g‘olib bo‘ling!
Gʻoliblar quyidagi nominatsiyalar orqali aniqlanadilar:
“Eng professional maqola” - Smartfon va qimmatbaho sovg'alar
“Eng ilmiy-tahliliy maqola” - Smartfon va qimmatbaho sovg'alar
“Eng yosh muallif” - Smartfon va qimmatbaho sovg'alar
Maqolalar internet saytlari yoki gazeta va jurnallarda chop etilgan bo'lishi shart!