"Zamonaviy IT-ta'lim. ITPU bilan kelajak kasbiga ega bo'ling" mavzusida onlayn davra suhbati

Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun IT Park universiteti va EPAM vakillari Oʻzbekistonda va butun dunyoda IT-yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim imkoniyatlari haqida maʼlumot beradilar
  • 406
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili
  • Bepul

Tashkilotchi: IT Park

Oʻtkazilish sanasi: 9-10-sentabr

Platforma: Onlayn

9 va 10-sentabr, soat 19:00 da IT Park universitetida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun IT-mutaxassislariga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida "Zamonaviy IT-ta'lim. ITPU bilan kelajak kasbiga ega bo'ling" deb nomlangan onlayn davra suhbati bo'lib o'tadi.

Tadbirlarda IT Park universiteti rahbariyati va dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri - EPAM IT-kompaniyasi vakillari ishtirok etadi.

IT-sohasi ekspertlari qanday qilib talabgir IT-kasbini egallash haqida, shuningdek, IT Park universiteti va EPAM vakillari Oʻzbekistonda va butun dunyoda IT-yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim imkoniyatlari haqida maʼlumot beradilar.

Tadbirda sizni nimalar kutmoqda:

  • Nima uchun IT-kasbini tanlash lozim; 
  • IT-mutaxassislari uchun dunyoda qanday imkoniyatlar yaratilmoqda;
  • Yangi zamonaviy IT-universitetini tashkil etilishi to'g'risida ma'lumot.

Ushbu vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling